Xabar berilishicha, Kataloniya klubi rahbariyati braziliyalik xavbekni 80 million yevroga sotishga tayyor.

Koutinyo joriy mavsum “Bavariya”da ijara asosida o‘ynamoqda. Nemis klubi uni 120 million yevroga xarid qilish huquqi bor.

“Ko‘k-anorranglilar” endi bunday pulga futbolchiga xaridor topilmasligini biladi, shu sabab talablarni kamaytirmoqda.

27 yoshli o‘yinchi joriy mavsum myunxenliklar tarkibida 32ta o‘yinda maydonga tushib, 9ta gol va 8ta assistga erishdi.

Manbaa: championat.asia