
«Barselona» klubi sobiq futbolchisi, hozirda Katarning "As-Sadd" klubi bosh murabbiyi Xavi turmush o'rtog'i Nuriya Kunillera birgalikda koronavirusga qarshi kurash uchun 1 mln evro miqdorida xayriya qildi. Bu pullar Barselona shahridagi "Hospital Clinic" shifoxonasi hisob-raqamiga o'tkazildi. «O'tkazilgan pullar evaziga ular tibbiyot xodimlari va bemorlar uchun kerakli jihozlarni xarid qilishlari mumkin», — dedi Xavi "Marca" nashriga bergan intervyusida.
Fikrlar 0