Lautaro Martines "Barselona"ga o'tish haqida o'ylamoqda. Shu bois, u "Inter"dan tushgan shartnoma uzaytirishi borasidagi taklifga rad javobini berdi. "Neradzurri" rahbariyati argentinalik futbolchi uchun 4 mln evro miqdorida yillik maosh taklif qildi. Kataloniyaliklar esa Lautaroga 10 mln evro atrofida maosh to'lashga tayyor.Martinesning "Barselona"ga o'tishiga faqat "Inter" to'siq bo'lishi mumkin. Bunday holatda "ko'k-anorranglilar"da futbolchining shartnomasida ko'rsatilgan 111 mln evro miqdoridagi badal pulini to'lashdan boshqa imkonlari qolmaydi. Lautaro Martines A seriyaning ushbu mavsumida 22ta o'yinda maydonga tushib, 11ta gol urdi.