Franki De Yong hozir Gollandiyada. "Barselona" matbuot xizmati undan intervyu oldi. Xususan, undan "Barselona"dagi qaysi futbolchi hayratlanarli, deb so'raldi."Ansu Fati meni eng ko'p hayratda qoldirgan. U biz bilan mashq qilishni boshlaganida men uni tanimasdim. U yuqori iste'dod egasi va yaxshigina qobiliyatga ega», – dedi gollandiyalik futbolchi.Fati ushbu mavsumda "Barselona"ga kelib qo'shildi. 17 yoshli futbolchi klubning bir nechta rekordlarini yangiladi.