“Chelsi” “Barselona” yarim himoyachisi Filippe Koutinoga jiddiy qiziqib qoldi. “Ko'klar” kataloniyaliklar so'rayotgan mablag'ni to'lashga tayyor. Bu haqda Sky Sport nashri yozmoqda.

Manbaning xabariga ko'ra, “Barsa” futbolchining transferidan 80 million evro ishlab olmoqchi. “Chelsi” krizisga qaramay futbolchini xarid qilishga tayyor.

Eslatib o'tamiz, Koutino joriy mavsumni “Bavariya”da ijarada o'tkazmoqda. Myunxenliklar futbolchining transferini sotib olmoqchi emas. Braziliyalik futbolchiga shuningdek, PSJ, "Tottenxem" va "Lester Siti" klublar qiziqish bildirmoqda.