
«Atletiko», «Real» va «Barselona» klublari sobiq bosh murabbiyi Radomir Antich 71 yoshida vafot etdi.«Atletiko» oilasi Radomir Antichning vafoti munosabati bilan ta'ziya bildiradi. U hamisha qalbimizda yashaydi», – deyiladi «Atletiko» bayonotida.Serbiyalik mutaxassis «matraschilar» bilan 1995/96 yilgi mavsumda Ispaniya chempionati va Ispaniya kubogini qo'lga kiritib, oltin dublni rasmiylashtirgan. Shuningdek, u turli yillarda «Barselona» va «Real»ni boshqargan.
Fikrlar 0