AQShning "The Score" nashri Evropaning kuchli 5ta chempionatlarining ushbu mavsumdagi eng yaxshi o'yinchilarini nomini e'lon qildi. Angliya premer-ligasining eng yaxshi futbolchisi sifatida «Liverpul» yarim himoyachisi Sado Mane tan olindi. Ispaniya La ligasining mazkur mavsumida «Barselona» sardori Lionel Messi eng yaxshi futbolchi deb e'tirof etildi. Germaniya Bundesligasida ushbu nom «Bavariya» hujumchisi Robert Levandovskiga berildi.Italiya A seriyasida «Atalanta» yarim himoyachisi Yosip Ilichich mavsumning eng yaxshi o'yinchisi deb topildi. Frantsiya chempionatida esa «PSJ» yarim himoyachisi Anxel di Mariya mavsum qahramoni sifatida tilga olindi.