«Milan» himoyachisi Teo Ernandes xizmatiga “Barselona” qiziqish bildirmoqda.

Marsa xabariga ko‘ra, “ko‘k-anorranglilar” yozda chap qanot himoyasini fransiyalik futbolchi bilan kuchaytirishni rejalashtirmoqda.

Teo Ernandesning transfer qiymati 40 mln yevroga baholanmoqda. 22 yoshli futbolchini «Yuventus» ham o‘z safida ko‘rishni istayapti.

Ernandes 2019-yil yozida “Real”dan 20 mln yevro evaziga «Milan»ga o‘tgan edi. Bu mavsumda futbolchi barcha musobaqalarda 25ta o‘yinda maydonga tushib, 6ta gol urgan va 2ta golga hammualliflik qilgan.

Manbaa: tribuna.uz