COVID-19 pandemiyasi munosabati bilan FIFA ushbu mavsum oxirigacha shartnoma muddati o'tib borayotgan barcha futbolchilar bilan shartnomalarni uzaytirishga, shuningdek transfer oynasining sanasini o'zgartirishga ruhsat beradi.

Shu tariqa, 30-iyun kuni shartnoma muddati tugaydigan futbolchilarning shartnomalari mavsumning yangi tugash sanasiga qadar uzaytiriladi.

Transfer oynalarining yangi sanalari keyinroq aniqlanadi, ular joriy mavsumning tugash va keyingi mavsumning boshlanish sanasiga bog'liq.