“Barselona” klubi va Braziliya terma jamoasi sobiq futbolchisi Ronaldinyo Paragvaydagi qamoqxonadan ozod etildi.
Globo Esporte nashrining xabar berishicha, futbol yulduzini 1,6 million yevro garov evaziga qo‘yib yuborishgan. Endi Ronaldinyo va uning akasi Asunsyon shahridagi mehmonxonada uy qamog‘ida yashab turishadi. Tergovda esa masofadan turib videoaloqa tizimi orqali qatnashishadi.
Taʼkidlash kerakki, Ronaldinyo akasi bilan birga Paragvay chegarasida qalbaki pasport bilan qo‘lga olingan edi.
Manbaa: sports.uz
Fikrlar 0