"Barselona" yarim ximoyachisi Frenki De Yong klub rasmiy sahifasi bilan bo'lgan onlayn videoda o'zi uchun eng sevimli bo'lgan futbolkani ko'rsatdi. 

Futbolka fransiyalik o'yinchi Klian Mbappedan olingan: "Men bu futbolkani juda yaxshi ko'raman. Chunki buni ilk bor Gollandiya terma jamoasida o'yinga tushganimda olganman" deydi Frenki.

Biroz oldin "La Parisien" nashri "Barselona" Suaresning o'rniga munosib nomzod topish uchun Mbappe variantini ham ko'rib chiqayotgani haqida xabar tarqatgan edi. Lekin "Real"dan taklif qilinayotgan katta summa va "Barselona"ning asosiy nishoni bo'lishi kutilayotgan Lautaro Martinez bu fikrlarni uzil-kesil yakunlashi ham mumkin.