Marca nashrining xabariga ko'ra, “Barselona” yozda “Betis” safida ijarada o'yayotgan Emersonni qaytarmoqchi.

Ma'lumot uchun, Emersonning “Barselona” bilan shartnomasi 2024 yilgacha mo'ljallangan, biroq u 2021 yilgacha “Betis”ga ijaraga berilgan. “Betis” futbolchining ijarasi uchun 6 million evro to'lagan edi.

Eslatib o'tamiz, Emerson  “Betis” safida joriy mavsum 24ta o'yinda maydonga tushgan.