“Vissel Kobe” o‘yinchisi Andres Inyesta “Barselona”ga qaytishi mumkin.
Andres Inyesta “Barselona”ga qaytish borasidagi savolga to‘g‘ridan-to‘g‘ri javob berishdan bosh tortdi, ammo buni istisno qilmadi ham.
“Barselona”ga qaytish? Men futbol o‘ynashni davom ettirmoqchiman. Mening “Vissel Kobe” bilan tuzgan shartnomam 2021-yilga qadar amal qiladi, men ishtirokimni davom ettirish uchun motivatsiyaga egaman.
Futbol maydonida to‘p bilan harakat qilishdek tuyg‘ularni yana his qilishni xohlayman", - deydi Inyesta.
Oldinroq, “Barselona”ning futbolchini yanvarda qaytarishga harakat qilgani haqida xabarlar yangragan edi.
Manba : championat.asia
Fikrlar 0