
"Inter" "Barselona" sardori Lionel Messini sotib olmoqchi.
"Football Italia" nashriga ko'ra, "neradzurrilar" 32 yoshli futbolchini keyingi mavsumda o'z safiga qo'shib olishni niyat qilgan. Tez orada "Inter" Messi bilan muzokaralarga kirishadi.
Manbaning yozishicha, argentinalik hujumchiga "Nyuellz Old Boyz" ham da'vogar.
Ma'lumot uchun, Messining amaldagi shartnomasi 2021 yil yozida tugaydi.
Fikrlar 0