«Barselona» klubi sobiq vitse-prezidenti Emili Ruso klub rahbariyatining ishini tanqid qildi. «Nazarimda, klub g'aznasini kimdir o'marmoqda. "I3 Ventures" kompaniyasiga million evro to'landi. Vaholanki, bunday xizmatlarning bozor narxi 100 ming evroga teng.Bu kim? Tabiiyki, rahbarlardan biri. Aynan kimligini bilmadim, ammo taxminim bor...», – dedi Ruso.Ushbu yilning fevral oyida «Barsa» "I3 Ventures" kompaniyasiga ijtimoiy tarmoqlar orqali prezident Jozep Bartomeuning obro'sini yaxshilash uchun pul to'lagani ma'lum bo'lgan edi.