La Liga prezidenti Xaver Tebas «Barselona» hujumchisi Lionel Messining «Inter»ga o'tib ketishi mumkinligi borasidagi xabarlarga sharh berdi.

«Messining A Seriyaga yo'l olishi ularning qarzdorlik muammolarini hal etadi deb o'ylamayman. A Seriya raqamlari ularda moliyaviy muammolar borligini ko'rsatib turibdi, shubhasiz bu masalani Messi ijobiy tomonga o'zgartira olmaydi.

Messi shu erda qolishini istardim, biroq u ketadigan bo'lsa, bu tragediya bo'lmaydi», — deydi Tebas.