
“Barselona” hujumchisi Luis Suares faoliyatini o'zining sobiq klubi “Nasonal”da davom ettirishi mumkin. Bu haqda “Boston River”ning o'ynovchi murabbiyi Sebastyan Abreu ma'lum qildi.
“Men Suares bilan gaplashdim. Agar, men “Nasonal” murabbiyi bo'lsam, u Urugvayga qaytadi”, -deydi Abreu.
Eslatib o'tamiz, Suares “Nasonal” safida 2006-2007 yillari to'p tepgan, keyin Niderlandiyaning “Groningen” klubiga ko'chib o'tgan.
Fikrlar 0