
"Barselona" klubi jamoani korruptsiyada ayblagan sobiq vitse-prezident Emili Rusoni sudga bermoqchi, deb xabar bermoqda Football Espana.Nashrning yozishicha, kataloniyaliklar klub va uning ishchilari sharafini himoya qilmoqchi.Russo 9 aprel kuni ishdan bo'shatilgan "Barselona"ning oltita rahbarlaridan biri. Iste'fodan keyin sobiq vitse-prezident klubda moliyaviy firibgarlik borligini aytib, ba'zi xodimlar klub xazinasidan mablag'larni o'g'irlaganini ta'kidlagandi."Ko'k-anorranglilar" javob bayonotida Rusoning barcha ayblovlari yolg'on ekanligini ma'lum qildi.
Fikrlar 0