“Barselona” va “Chelsi” yozgi transferlar davrida o‘zaro futbolchi almashtirishlari mumkin.

Mundo Deportivo nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, kataloniyaliklar braziliyalik yarim himoyachi Filippe Koutinyoni Londonga yuboradi. Evaziga esa fransiyalik xavbek Ngolo Kante “Kamp Nou”ga yo‘l oladi. Hozircha klublar o‘rtasidagi muzokaralar qanday ruhda davom etayotgani maʼlum emas.

Kante joriy mavsum “Chelsi” safida 22 ta o‘yinda maydonga tushdi va 3 ta gol urdi. Mavsumni “Bavariya” safida ijarada o‘tkazayotgan Koutinyo esa 32 ta o‘yinda 9 ta gol hamda 8 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Manbaa: sports.uz