
"Barselona" ustozi Kike Setenning fikricha, "Barselona" hujumchisi Lionel Messi jamoada faoliyatining oxiriga qadar o'ynaydi. Bu haqda TV3 xabar berdi.
"Ichki muhitdagi kelishmovchilik Messiga ta'sir qiladi deb o'ylamayman. Ishonchim komil, u faoliyatining oxiriga qadar "Kamp Nou"da qoladi", dedi Seten.
32 yoshli hujumchi "Barselona"da 2003 yildan beri o'ynaydi. Uning amaldagi shartnomasi 2021 yilgacha mo'ljallangan.
Fikrlar 0