"Barselona" yozgi transfer oynasida sobiq hujumchisi Neymarning transferini amalga oshirmaydi. Bu haqda Catalunya Radio yozmoqda.

Manbaning xabariga ko'ra, koronavirus pandemiyasi bilan bog'liq moliyaviy inqiroz sababli "ko'k-anorranglilar"  shunday qarorga kelgan.

Ma'lumotlarga ko'ra, "Barsa" yozda Neymar o'rniga "Inter" futbolchisi Lautaro Martinesni olib kelishga urinib ko'radi.