Filippe Koutinoga APLning yana bir klub qiziqish bildirmoqda.

Football Insider portalining tarqatgan ma'lumotiga qaraganda, Liverpul shahrining «Everton» klubi Koutinoni sotib olish variantini ko'rib chiqmoqda.

Huquqiy jihatdan Kataloniyaning «Barselona» klubiga tegishli bo'lgan braziliyalik yarim himoyachining narxi 80 million evro miqdorida baholanmoqda, biroq, "Everton" klubi bu narxni pasaytirish niyatida.

Ayni paytda ijara asosida "Bavariya" klubida o'ynayotgan Koutino 22 ta uchrashuvda maydonga tushib, 8 ta gol kiritishga erishdi.