«Barselona» klubi «Kamp Nou» stadionida o'tkazilmay qolgan har bir o'yin uchun qancha zarar ko'rishi aniq bo'ldi. "Marca" tarqatgan xabarga ko'ra, kataloniyaliklarning bitta o'yindagi zarari 3,3 million evroni tashkil qiladi. Shu tariqa, mavsum oxirigacha o'yin o'tkazilmasa yoki uy uchrashuvlariga ishqibozlar kiritilmasa, «Barselona» 20-25 million evro miqdorida zarar ko'radi.