Sankt-Peterburgning “Zenit” klubi yarim himoyachisi Malkom “Barselona” safida kiritgan eng chiroyli goli haqida gapirdi.

“Real” darvozasiga urgan golim “Barselona”dagi eng zo‘ri edi. Keyin “Inter”ga urgan golim ham chiroyli bo‘lgan. Bu orzu edi. “Barsa” safida maydonda va undan tashqarida ko‘p narsalarni o‘rgandim”, - deydi braziliyalik futbolchi.

23 yoshli Malkom 2019-yilning yozida 40 mln yevro evaziga “Barselona”dan “Zenit”ga ko‘chib o‘tgan edi.

Marhamat, "Real"ga urilgan golni tomosha qiling:

Uning "Inter"ga urilgan goli: