Zidan, Pike va Ronaldu. Ushbu uch futbolchini Yozef Blatter barcha zamonlar Yevropa Chempionati yuzi deb atadi. 

FIFAning sobiq prezidenti Yozef Blatter birinchi qit'a chempionatining 60 yilligi sharafiga Yevropaning barcha zamonlardagi eng yaxshi o'yinchilari ramziy jamoasini e'lon qildi.    Darvozabon: Lev Yashin (Rossiya).   Himoyachilar: Paolo Maldini (Italiya), Frans Bekkenbauer (Germaniya), Jerar Pike (Ispaniya).   Yarim himoyachilar: Yoxan Kroyff (Gollandiya), Bobbi Mur (Angliya), Zinedin Zidan (Frantsiya), Ferens Pushkash (Vengriya).   Hujumchilar: Krishtianu Ronaldu (Portugaliya), Uve Siler (Germaniya), Marko van Basten (Gollandiya).   Trener: Visente Del Boske (Ispaniya).