"Barcelona" shu kungacha o'z stadioni nomini homiylarnikiga o'zgartirish takliflarini ko'rib ham chiqmagan edi.

Biroq koronavirus pandemiyasi xatto shunday moliyaviy jihatdan qudratli bo'lgan klubni ham sindira oldi. Kataloniya klubi o'z tarixida birinchi marta uy stadioni nomini sotmoqchi. Agar biror homiy topilsa, "Camp Nou" nomi o'zgartiriladi. Stadion nomi borasidagi shartnoma faqat 2020/21 mavsum uchun tuziladi. Homiydan tushgan pullar koronavirusga qarshi kurashga sarflanadi.

Manba: championat.asia