"Inter" klubi sobiq hujumchisi Alvaro Rekoba argentinalik futbol afsonalari — Lionel Messi va Diego Maradonani taqqosladi."O'ylashimcha, Messi futbol tarixidagi eng kuchli futbolchi. Yoshligimda Diego Maradonaning o'yinini ko'rganman. U juda kuchli, ammo Messi juda uzoq vaqtdan beri taxtni hech kimga bermayapti. Hozir hamma ham buni anglamayapti, ammo u faoliyatini yakunlaganida barcha tushunib etadi", - dedi Rekoba.