"Chelsi" yarimhimoyachisi Kristian Pulisich o'zining sevimli futbolchilari haqida so'zlab berdi.

- Bolalikdagi kumiringiz kim edi?

- Mening ilk kumirim shubhasiz Luish Figo edi. Bolaligimdan uning ishqibozi edim.

Ilk kiygan futbol formam orqasiga ham Figo ismi tushirilgan edi. Otam bilan uyimizning yerto'lasida futbol o'ynardik. Har doimgidek barchasi otalar bilan boshlanadi.

Agar sizda "Chelsi" da kimdir bilan o'ynash imkoniyati bo'lsa, kimni tanlagan bo'lar edingiz?

- Qiyin savol. Figo bolaligimdan mening eng sevimli o'yinchim edi, lekin men Lionel Messining jamoamda bo'lishiga qarshi emasman. Ikkalasini bilan ham o'ynasam bo'ladimi? - dedi hazillashadi Pulishich.