“Roma” safida ijarada harakat qilayotgan “Barselona” hujumchisi Karles Peres nima uchun “bo'rilar” safiga o'tganini aytdi.

“Men haqiqiy professional futbolchi bo'lmoqchiman va 22 yoshda vaqtni befoyda o'tkazmaslik kerak. Barcha  taklifliarni yaxshilab o'rganib chiqdim va fantastik klub “Roma”ni tanladim. Men ko'p taraflama “Barselona”ni eslatadigan jamoaga o'tdim.

Qolaversa, bu erda iqlim yaxshi, doim quyoshli. Shuningdek, menga italiyan tili yoqadi. Angliya yoki Germaniyada menga hozirgidan ko'ra qiyinroq bo'lardi. “Roma”ning tarixi ham katta rol o'ynadi”, -deydi futbolchi.