
Italiya terma jamoasi sobiq hujumchisi Antonio Kassano "Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronaldu va "Barselona" sardori Lionel Messini taqqosladi."Ronaldu mutlaq chempion bo'lsa-da, ammo individual jihatdan Messining darajasiga eta olmaydi. Ronaldu xafa bo'lmasin, Messi tug'ma iqtidor egasi. Krishtianu o'z nomini o'zi yaratdi, Leo Messi esa — bu Maykl Jordan, Rodjer Federer, Diego Maradona. Bunday futbolchini boshqa ko'rmasak kerak", — dedi Kassano.
Fikrlar 0