Italiyaning "Napoli" klubi "Barselona" himoyachisi Samuel Umtitiga qiziqish bildirmoqda.
Neapol klubi jamoani tark etishi mumkin boʼlgan Kalidu Kulibali oʼrniga munosib nomzod qidirmoqda va frantsiyalik himoyachi italiyaliklarning kengaytirilgan roʼyxatidan joy olgan.
"Napoli" rahbariyati Kataloniya klubi bilan bu borada muzokara ham oʼtkazib boʼlgan, ammo Umtitining oʼzi jamoasini tark etish niyatida emasligini bildirgan.
Manbaa: sports.uz
Fikrlar 0