
«Bavariya» yarim himoyachisi Filippe Koutino bugun, 24 aprel kuni o'ng oyog'ining to'pig'idan operatsiya qilindi. Bu haqda myunxenliklar rasmiy sayti xabar tarqatdi.Jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli o'tdi. Braziliyalik futbolchi ikki haftadan so'ng tiklanish mashqlarini boshlashi mumkin.Eslatib o'tamiz, Koutino huquqiy jihatdan «Barselona»ga tegishli bo'lib, u Bundesligada ijara asosida o'ynamoqda. «Bavariya» uning transfer huquqini sotib olmoqchi emas.
Fikrlar 0