La Liga prezidenti Xavyer Tebas koronavirus pandemiyasi tufayli toʼxtatilgan mavsumni davom ettirilishiga bogʼliq maʼlumot bilan oʼrtoqlashdi.

Mulozim soʼzlariga koʼra, agar hukumat chempionatni davom ettirishga ruxsat bersa, maydonga tushishdan bosh tortgan klublarga magʼlubiyat yoziladi.

«Hukumat ruxsat bersa, ammo klublar oʼynashdan bosh tortsa, albatta ularga magʼlubiyat yoziladi», – dedi Tebas.

Ispaniya chempionati 8 martdan boshlab koronavirus pandemiyasi tufayli toʼxtatilgan. 

Аvvalroq, baʼzi klublar juda koʼp qurbonlar boʼlayotgan bunday ogʼir sharoitda maydonga tushish toʼgʼri emasligi haqida bayonot berishgan edi.

Manbaa: tribuna.uz