Kataloniyaning "Barselona" klubi himoyachisi Xuan Miranda faoliyatini A Seriyada davom ettirishi mumkin.

Mundo Deportivo nashrining tarqatgan ma'lumotiga qaraganda, futbolchiga "Sampdoriya" klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Miranda joriy mavsumni ijara asosida Germaniyaning "Shalke" klubida o'tkazmoqda.