
Squawka Evropaning top-5 chempionatlarining so'nggi 3 mavsumdagi eng yaxshi to'purarlari reytingini e'lon qildi. Ushbu ro'yxatni "Barselona" sardori Lionel Messi boshqarmoqda. Argentinalik futbolchi 2017/18 mavsumdan beri Ispaniya chempionati doirasida 89ta gol urdi. Ikkinchi o'rinni "Bavariya" hujumchisi Robert Levandovski band etdi — 76ta gol. "Latsio" forvardi Chiro Immobile 71ta gol bilan uchinchi pog'onani band etdi. Muhammad Saloh (70) va Krishtianu Ronaldu (68) kuchli beshlikka kirishdi. Evropaning so'nggi 3 mavsumidagi eng yaxshi to'purarlari:
Fikrlar 0