"Ayaks" darvozaboni Andre Onana faoliyatini "Barselona"da davom ettirmoqchi. Bu haqda Ispaniya matbuoti xabar tarqatmoqda. 

"Barselona" tarbiyalanuvchisini yozda ortga qaytarishga urinib ko'radi. Amsterdamliklar darvozabon uchun 40 million evro so'ramoqda.

Eslatib o'tamiz, avvalroq "Barselona" asosiy posboni  Mark-Andre ter Shtegen bilan yangi shartnoma borasidagi muzokaralarni to'xtatib qo'ygandi.