
"Barselona" "Inter" hujumchisi Lautaro Martinesni qo'lga kiritish uchun yashirin qurolini ishga soldi. "Barsa" sardori Lionel Messi hamyurti bilan bog'landi. Bu haqda Marca nashri yozmoqda.
Manbaning xabariga ko'ra, Messi Lautaroni kataloniyaliklar safiga o'tishga chorlagan. Transfer yozgi transfer oynasidayoq amalga oshishi mumkin.
Eslatib o'tamiz, "Barsa" futbolchi uchun 111 million evro to'lashga tayyor emas. "Qizil-anorranglilar" Lautaro o'rniga bir nechta futbolchilarini taklif qilmoqda. "Inter" esa argentinalik futbolchisini almashmoqchi emas.
Fikrlar 3
grizman atm da super o'ynar edi. barsada omadi kelmayapti.
lautaro baribir messi bo'lolmaydi. hatto suarez ham undan ancha kuchli.
Xa Qirolni o'zi ishga kirishmasa bo'motudida