
"Barselona" yarim himoyachisi Filippe Koutinoning "Chelsi"ga transferi amalga oshmaydigan bo'ldi.
Avvalroq, "ko'klar" futbolchini sotib olish sharti bilan bir yilga ijaraga olishi to'g'risida xabar berib o'tgandik.
Manbaning xabariga ko'ra, londonliklar braziliyalik futbolchi transferidan voz kechdi. Lempard uning o'rniga jamoada "Bayer" havbeki Kay Xavertsni ko'rmoqchi.
Eslatib o'tamiz, Koutinoga shuningdek, "Tottenxem" va "Nyukasl" klublari ham qiziqish bildirmoqda.
Fikrlar 0