PSJ markaziy himoyachisi Markinos faoliyatini "Barselona"da davom ettirishi mumkin. Bu haqda L'Eqiupe nashri yozmoqda. 

Manbaning xabariga ko'ra, kataloniyaliklar Markinosni  Umtitiga o'rinbosar sifatida ko'rishmoqda. Umtiti yozgi transfer vaqtida jamoasini o'zgartirishi mumkin. 

Eslatib o'tamiz, "Barsa" Markinosni osonlikcha qo'lga kirita olmaydi. Yaqinda futbolchi parijliklar bilan shartnomasini 2024 yilgacha uzaytirgan edi.