
"Tottenxem" klubi "Ayaks" darvozaboni Andre Onana uchun kurashdan chiqdi. Bu haqda De Telegraaf yozmoqda.
Manbaning xabariga ko'ra, londonliklar futbolchining transferidan voz kechdi. "Shporlar" tajribali darvozaboni Ugo Lorisga ishonishda davom etadi.
Eslatib o'tamiz, "Ayaks" Onanani sotishga qarshi emas. Amsterdamliklar uning transferidan 40 million evro ishlab olmoqchi. Onana xizmatiga "Barselona" ham qiziqish bildirmoqda.
Fikrlar 0