El Mundo Deportivo nashrining tarqatgan ma'lumotiga qaraganda, Kataloniyaning "Barselona" klubi markaziy himoyachisi Jan-Kler Todiboning narxini oshirib qo'ydi.

Eslatib o'tamiz, frantsiyalik yosh futbolchi Germaniyaning "Shalke" klubida ijara asosida to'p surmoqda. "Ko'k-anorranglilar" 20 yoshli futbolchini yana ijaraga berish niyatida emas, biroq, 25 million evroga sotishga tayyor.

Qayd etish kerakki, Todiboga "Shalke" klubidan tashqari, "Bayer", "Uotford", "Sautgempton", "Milan" va "Monako" klublari qiziqish bildirishmoqda.