SHarhlovchi Gennadiy Orlov "Rostov" forvardi Eldor SHomurodov haqidagi aytgan gapiga izoh berdi. Orlov oldinroq: "U o'zbek, ammo uning futboldagi bilimi rossiyalik forvardlarnikiga qaraganda yuqoriroq" degandi. "Men uni istedodli futbolchi demoqchi bo'lgandim. Men o'zbek deganimda, albatta o'zbek futbol maktabini nazarda tutganman. U ayyor, o'zgacha futbolchi va shuning uchun 10ta gol urdi. Bu muayyan sifatlardir - fikrlash, maydonni ko'rish. Men o'zbeklarni ruslarga qarshi qo'ymadim. Bu bemanilik", - deydi Orlov.