Kataloniya Superkubogi doirasida bo'lib o'tishi kerak bo'lgan «Barselona» hamda «Espanol» klublari o'rtasidagi uchrashuv bekor qilindi. Bu haqda "ko'k-anorranglilar" rasmiy sayti xabar tarqatdi.

Uchrashuvning bekor qilinishiga sabab - koronavirus pandemiyasi. Ushbu bahs har qanday formatda ham o'tkazilmaydi.

Kataloniya Superkuboki 2014 yildan beri o'tkazib kelinadi. Ushbu sovrinni «Barselona» ikki marta, «Espanol» va «Jirona» klublari esa bir martadan qo'lga kiritishgan.