
«Manchester Siti» hujumchisi Serxio Aguero Argentina termasidagi jamoadoshi Lionel Messining «Barselona»dagi kelajagi borasida o'z fikrini bildirib o'tdi.Eslatib o'tamiz, Messining kataloniyaliklar bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilning yoziga qadar tuzilgan.«Messi — «Barselona» afsonasi va ramzi hisoblanadi, ammo futbolda hamma narsa ro'y berishi mumkin. Leo «Barselona»ni yaxshi ko'radi va u bu jamoa safida o'zini baxtli his qiladi.Qandaydir fojia ro'y bermasa, Messi «Barselona» safida o'ynashda davom etadi», — dedi Aguero.
Fikrlar 0