AS nashrining xabariga ko'ra, "Barselona"ning ish haqqi fondi xavf ostida. Jamoa byudjeti 200 million evroga kamayishi mumkin.

Ma'lumot uchun, ayni damda jamoa maoshlar uchun 600 million evro sarflaydi. Taxminlarga ko'ra, kataloniyaliklar yuqori maosh oladigan futbolchilari bilan oyliklarini pasaytirish va shartnomalarni qayta ko'rib chiqish borasida muzokaralar o'tkazadi.

Eslatib o'tamiz, pandemiya vaqtida "Barsa" futbolchilarning maoshini 70 foizga kamaytirgan edi.