«Barselona» legionerlari klub ixtiyoriga qaytishyapti. Jumladan, Frenki De Yong 3 may kuni jamoa safiga etib keladi. Futbol mavsum to'xtatilgan paytda de Yong Niderlandiyaga jo'nab ketgan edi. Shuningdek, jamoa hujumchisi Martin Breytueyt ham shu kunlarda Daniyadan etib keladi. «Barselona» a'zolari 6 may kuni tibbiy ko'rikdan o'tib, shundan so'ng mashg'ulotni boshlashadi.