Transfermarkt portali 2019/20 mavsumida o'yin davomida eng ko'p to'p uzatgan klublar reytingini e'lon qildi.

Birinchi o'rinni 684ta uzatma bilan «Barselona» egalladi. «Manchester Siti» 676ta uzatma bilan ikkinchi, «Bavariya» 673ta uzatma bilan uchinchi bo'ldi.

Yuqori o'ntalikka Niderlandiyaning 2 vakili – AZ va «Ayaks» klublari ham kirdi.

Dunyoning eng ko'p to'p uzatuvchi klublari: 1. «Barselona» – bir o'yinda 684ta uzatma; 2. «Manchester Siti» – 676; 3. «Bavariya» – 673; 4. «PSJ» – 660; 5. «Borussiya» Dortmund – 659; 6. «Liverpulь» – 622; 7. «Bayer» – 618; 8. AZ – 606; 9. «Ayaks» – 605; 10. «Chelsi» – 602;

Manbaa: tribuna.uz