Kataloniyaning "Barselona" klubi himoyachisi Samyuel Umtiti faoliyatini Frantsiyaning "Pari Sen-Jermen" klubida davom ettirishi mumkin deya xabar bermoqda Diario Sport.

Manbaning xabariga ko'ra, parijliklar rahbariyati Umtitini yozda jamoani tark etishi kutilayotgan Tiago Silvaga munosib o'rinbosar sifatida ko'rishmoqda.

Silvaning "PSJ" klubi bilan amaldagi shartnomasi shu yilning iyun oyida o'z yakuniga etadi va tomonlar shartnomani uzaytirish borasida bir to'xtamga kela olmadi.

Umtitining transfer narxi 32 million evro atrofida baholanmoqda.