
Braziliyalik futbolchi Mourino qo'l ostida to'p suradi.
Londonning «Chelsi» klubi yarim himoyachisi Villian Londonning «Tottenxem» klubiga o'tishi haqida beIN Sports xabar tarqatdi.
Villian «shporlar» bilan kelishuvga erishdi va Joze Mourinoning shogirdiga aylanadigan bo'ldi.
Villian allaqachon kelishuvga erishdi va shaxsiy kelishuvning barcha detallarini muhokama qilib oldi. Braziliyalik futbolchi Mourino bilan yana birga ishlayotganidan xursand ekanligini yashirmadi.
Villian «Chelsi» tarkibida 2013 yildan beri o'ynab kelayotgandi. Avvalroq, unga Kataloniyaning «Barselona» klubi qiziqish bildirayotgandi.
Fikrlar 0