Ushbu mavsumni «Bavariya» safida ijara asosida o'tkazayotgan Filippe Koutino "Barselona"ga qaytadigan ko'rinadi. Chunki myunxenliklar uning transfer huquqini sotib olishmoqchi emas."Marca" tarqatgan xabarga ko'ra, Koutinoning qaytishi «Barselona»ga 50 mln evroga tushadi. Birinchidan, klub unga 30 million evro miqdorida maosh to'laydi. Ikkinchidan, braziliyalik futbolchi "ko'k-anorranglilar" safida yana 24ta o'yinda maydonga tushsa, kataloniyaliklar "Liverpul"ga 20 million evro miqdorida bonus to'lab berishadi. Koutino "Kamp Nou"ga transfer qilinayotganda shartnomaga shunday band kiritilgan. Shu bois, "Barsa" yozgi transfer paytida uni sotib yuborishga harakat qiladi. Filippega APLning ba'zi jamoalari qiziqish bildirishmoqda.